TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
PROFESSOR
ZARIFBOY IBODULLAYEV
Biz sezgi a'zolari orqali tevarak-atrofdagi olamdan doimo ma'lumot olib turamiz. Bu ma'lumotlar organizmga uzluksiz tushib turadi va asab tizimining maxsus tuzilmalari orqali qabul qilinadi, qayta ishlanadi va javob reaksiyasi tayyorlanadi. Atrofmuhitdagi barcha narsa va hodisalar tegishli reseptorlarga ta'sir etib, sezgi hosil qiladi. Tashqi olamdan kishi ongigacha ma'lumotlar kirib keladigan yagona yo'l sezgi a'zolaridir. Ularga benihoya katta miqdorda turli-tuman ma'lumotlar oqimi yog'ilib, bosh miyaga uzatilib turadi.