Toshkent, Olmazor tumani, Shifokorlar ko'chasi, 22/1-uy
+998900434499
Transkranial magnit stimulyatsiya

Transkranial magnit stimulyatsiya (TMS) – bosh miyaning po‘stloq qismi va uning tubida yotgan markazlarini magnit to‘lqinlari bilan stimulyatsiya qilib davolash usuli.

TMS nerv sistemasining bir qator kasalliklarini davolash va reabilitatsiya qilishda keng qo‘llaniladi. TMS dalillarga asoslangan tibbiyot qonunlariga to‘la mos keladi va barcha rivojlangan davlatlar klinikasida noinvaziv davolash metodlari ichida o‘rin olgan.

TMS GA KO‘RSATMALAR:

insultdan keyingi spastik gemiparez (3 oydan so‘ng o‘tkaziladi)
insultdan keyingi nutq buzilishlari
depressiya
Parkinson kasalligi
quloqda shovqin
uch shoxli nerv nevralgiyasi
neyropatik og‘riqlar
orqa miya kasalliklarida muskullarning spastik falaji
fibromialgiya
obsessiv-kompulsiv buzilishlar
surunkali davom etuvchi og‘riqlar
insultdan keyingi ko‘rish buzilishlari
yon amiotrofik skleroz


MON’ЕLIK QILUVCHI HOLATLAR

tanadagi o‘rnatilgan har qanday metall buyumlar
tanaga o‘rnatilgan har qanday elektrodlar va mikrochiplar
epilepsiya va tutqanoq sindromlari (tuzalib ketgan bo‘lsa ham mumkin emas)
quloq implantatlari va eshituv apparatlari
homiladorlik (nisbiy mon’elik)
bolalik davri (nisbiy mon’elik)
kardiostimulyatorlar
giperkinezlar
ko‘zga o‘rnatilgan linzalar
bosh miyada o‘tkazilgan neyroxirurgik operatsiyalar
epilepsiya va tutqanoq sindromlari
alkogolizm va giyohvandlik bilan og‘riqlar


POBOCHNЫЕ EFFЕKTЫ

umumiy diskomfort: umumiy charchoq
bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, loqal og‘riqlar
kalla suyagi sohasida yoqimsiz tuyg‘ular
uch shoxli nerv innervatsiyasi sohasida uvishishlar
xavotir, disforiya, yig‘loqilik, kulgi kelishi, suitsid kuchayib olishi
nutq markazi stimulyatsiyasida vaqtincha nutq yo‘qolib olishi
mimik muskullarda tiklar
kognitiv buzilishlar kuzatilib olishi
uyqu yo‘qolib olishi

Scroll to Top