Qabulimga 37 yoshlik, chirchiqlik bemor Giyen-Barre sindromidan shikoyat qilib keldi. Bu kasallikda ikki qo‘l va oyoq ishlamay qoladi, ayniqsa, COVID pandemiyasidan keyin ko‘payib qoldi.
Aslida, bu kasallik Yevropada nogironlik hisoblanmaydi. Afsuski, ba’zan davolash kurslarini ko‘rib uyalib ketasan kishi. Bosh miyada qon aylanishini yaxshilovchi dorilarni yozishaveradi.
Mazkur kasallikni davolash uchun zudlik bilan plazmaferez va garmon qilinsa bemor turib, yurib ketadi.