Miyaning ichki qismidagi maxsus hujayralarda hissiyotni tashkil qilishda ishtirok etuvchi markazlar mavjud. O‘sha joyda kichkina patologiya, biokimyoviy o‘zgarishlar ro‘y bersa, o‘g‘rilikka yoki qotillikka moyillik yuzaga kelishi mumkin. Bu soha hozirda olimlar tomonidan chuqur tadqiq etilmoqda.
Bejizga o‘g‘il uylayotganda, qiz uzatayotganda yetti pushti o‘rganilmagan. Agar otasi yoki onasi o‘g‘ri bo‘lsa, quda-anda bo‘lishni jiddiy o‘ylab ko‘rishgan. Qaysidir ma’noda buning tagida haqiqat bor.