Men haddan ziyod boy bo‘lmang, boylikka intilmang deyayotganim yo‘q. Kambag‘allikni ham targ‘ib qilmoqchi emasman. Bu har kimning shaxsiy ishi.
Yuqori depressiyaga, apatiyaga tushib hayotdan umuman qiziqishi qolmagan boylarni uchratyapman. Bunday holatdan chiqish uchun yaqinlarga, beva-bechoralarga, maktab va bog‘chalarga ehson qilib turishni tavsiya qilaman.