Bugun dunyoning ko’plab davlatlari bolalar ruhiy salomatligini himoya qilish uchun qat’iy choralar ko’rmoqda.
Professor Zarifboy Ibodullayev fikricha, Avstraliyada qabul qilingan 16 yoshgacha bo’lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash tashabbusi chuqur ilmiy tahlilga asoslangan. Professor bunday yondashuvni Oʻzbekistonda ham jiddiy oʻrganish va ijobiy jihatlarini tahlil qilib, amaliyotga tadbiq etish tarafdori.
Ijtimoiy tarmoqlarga erta qaramlik
• Diqqatning pasayishi
• Ruhiy zo’riqish
• Xavotir va depressiv holatlar
• Real hayotdagi muloqotning kamayishiga olib kelishi mumkin.
