Bizga bemorlar qovoq uchishi bilan ko‘p murojaat qilishadi. Ba’zilar buni irimga, ba’zilar esa kasallikka yo‘yadi.
Charchagan va asabiylashganda uchraydigan qovoq uchishi ozroq dam olgandan so‘ng o‘tib ketadi.
Agar qovoq uchishlari tez-tez, jiddiyroq, ko‘proq namoyon bo‘lsa qaysidir kasallik alomati bo‘lishi mumkin. Asosan bolalarda uchraydi. Tomoq infeksiyalarida, tonzillit, gaymorit kabi infeksiyalari bor bolalarda qovoq uchishlari kuzatiladi. Bunday holatlar blefarospazm uchun ham xos. Davolashda bemordan umumiy qon tahlili olinib. nevrologik tekshirishlar o‘tkaziladi va sababi aniqlanadi.
Ko‘p hollarda qovoq uchishi alohida kasallik emas, balki boshqa kasalliklar belgisidir.